6 Noyabr 2024, 12:30 Oʻzbekiston

Ayrim shaxslarga temir yoʻl transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi

Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport turidan foydalanilishi mumkin.

Ayrim shaxslarga temir yoʻl transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi

Hukumat qarori [733-son, 04.11.2024-y.] bilan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.

Unga koʻra, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar tanloviga koʻra temir yoʻl yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta beriladi.

Qayd etilishicha, borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yoʻl yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin.

Shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi.

Mashhur yangiliklar