19 Iyul 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Avgustdan Toshkent-Buxoro yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnaydi

23-avgustdan boshlab Toshkent-Buxoro yoʻnalishida haftada uch kun qoʻshimcha “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Avgustdan Toshkent-Buxoro yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnaydi

Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 23-avgustdan Toshkent-Buxoro-Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd reysi amalga oshirila boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.

“Afrosiyob” elektropoyezdi haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari ikki shaharni bogʻlaydi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi.

778-sonli Toshkent-Buxoro yoʻnalishi:

  • Toshkent-6:59 — Buxoro-11:05.

777-sonli Buxoro-Toshkent yoʻnalishi:

  • Buxoro-16:12 — Toshkent-20:20.

Mashhur yangiliklar