29 Oktabr 2024, 08:51 Oʻzbekiston

Angrenda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Angrenda 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi

Toshkent viloyati Angren shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan metan gaz to‘ldirish shohobchasi aniqlandi, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.

Tashkilotning hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda Angren shahrida joylashgan “A.C.I.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu orqali elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 111 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar