24 Avgust 2024, 14:58 Oʻzbekiston

Andijondagi bog‘chada bolalarni nazoratsiz qoldirgan tarbiyachi ishdan olindi

Marhamat tumanidagi bog‘chada tarbiyalanuvchilarni nazoratsiz qoldirgan bog‘cha opa ishdan bo‘shatildi.

Andijondagi bog‘chada bolalarni nazoratsiz qoldirgan tarbiyachi ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida bog‘cha tarbiyalanuvchisining kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 16 avgust kuni Marhamat tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi bolalarni qisqa muddatga nazoratsiz qoldirgan vaqtida yuz bergan. 2023 yilda tug‘ilgan R.G. ismli qiz bolani boshqa tarbiyalanuvchi bola o‘zaro tortishuvda tishlab olgan.

Mazkur holatda bolalar parvarishiga yetarlicha e’tibor bermay, ularni nazorat qilmaganligi sababli bog‘cha tarbiyachisi T.Sh. lavozimidan ozod etilgan.

Hozirda 1 yoshli R.G. ning ahvoli ijobiy bo‘lib, sog‘lig‘i uchun hech bir xavf mavjud emas.

Mashhur yangiliklar