Andijonda yarim kechasi mushakbozlik uyushtirganlarga chora ko‘rildi
Asaka shahrida tungi vaqtda do‘stining tug‘ilgan kuni munosabati bilan mushakbozlik qilganlarga chora ko‘rildi.
Andijon viloyati Asaka shahrida tungi vaqtda mushakbozlik qilganlarga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Unga ko‘ra, 22-avgust kuni tungi soat 00:00 larda Asaka shahrining “Qadriyat” MFY, Xumo ko‘chasida yashovchi bir guruh shaxslar ushbu mahallada yashovchi fuqarolarning tinchligini buzib, mushakbozlik uyushtirayotgani haqida ichki ishlar bo‘limiga murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyiga borilganida, Asaka tumani “Beruniy” MFYda yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan X.A.ning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning do‘stlari I.A va A.B.lar aholining tinchligini buzib, mushakbozlik uyushtirgani aniqlanib, ularga nisbatan MJtKning 192-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi.
Tungi vaqtda, ya’ni — soat 23:00 dan 06:00 gacha maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi harakatlarni sodir etish tegishli javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi quriladi Andijondagi xonadonlarda 200 dan ortiq suyultirilgan gaz ballon noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi Andijonda 9 yoshli qizcha Damas bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi