8 Iyul 2024, 14:41 Oʻzbekiston

Andijon viloyati SSB boshligʻi oʻzgardi

Soʻnggi vaqtlarda boshqarmaga rahbarlik qilib kelgan Azizbek Mirzajonov lavozimini tark etgan.

Andijon viloyati SSB boshligʻi oʻzgardi

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Shohruxmirzo Olimjonovich Mamajonov Andijon viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shohruxmirzo Mamajonov 2006-yil Andijon davlat tibbiyot institutining bakalavr, 2009-yil magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Andijon viloyati qon quyish stansiyasida uslubchi-vrach sifatida boshlagan.

Turli yillarda Andijon viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi xususiylashtirish va pulli xizmatni tashkil qilish boʻlimi boshligʻi, boshqarma boshligʻining tibbiy xizmatni tashkillashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Sogʻliqni saqlash vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi kabi lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Sh. Mamajonov Sogʻliqni saqlash vazirligi Fan-taʼlim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi. Andijon viloyati SSB boshligʻi lavozimida shu vaqtgacha Azizbek Mirzajonov ishlab kelayotgandi.

Mashhur yangiliklar