12 Avgust 2024, 10:20 Jahon

Turkiyada Instagram blokdan chiqarildi

Turkiya Instagram vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida mazkur platforma faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashladi.

Turkiyada Instagram blokdan chiqarildi

Turkiyada 2-avgust kuni kirish cheklangan Instagram to‘qqiz kun o‘tib blokdan chiqarildi.

Biz avvalboshdanoq ijtimoiy media platformalari Turkiya Respublikasi qonunlarini hurmat qilishini xohlagan edik. Instagram vakillari bilan olib borgan muzokaralarimiz natijasida blokni olib tashlaymiz. Ular bizning talablarimizni qondirishga va’da berishdi, degan mamlakat transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralog‘li X ijtimoiy tarmog‘ida.

Uning aniqlik kiritishicha, talablar, shu jumladan, foydalanuvchilar kontentiga nisbatan senzura va tarqatilishi Turkiya qonunchiligi bo‘yicha jinoyat hisoblangan va o‘chirib tashlanishi lozim bo‘lgan materiallarni olib tashlash bilan bilan ham bog‘liq edi.

Mashhur yangiliklar