Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining maʼlum qilishicha, so‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi aeroportlarida mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarining bir necha soatlab tekshirish holatlari va bu o‘z navbatida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.
Rossiya bo‘ylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani munosabati bilan ushbu davlatga borayotgan, mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlardan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanish so‘raldi.
Shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali mamlakat hududiga kirish uchun taqiq bor yoki yo‘qligini tekshirib, shundan so‘ng Rossiyaga borish tavsiya etildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda