Rossiyada o‘zbekistonlik ayol uzoq muddatga qamaldi
Rossiyada yirik miqdorda giyohvandlik moddalarini sotgan o‘zbekistonlik ayol 8 yilga qamaldi.
Rossiyaning Saratov viloyatida o‘zbekistonlik ayol yirik miqdorda giyohvand moddalarni sotgani uchun 8 yilga koloniyaga jo‘natildi. Bu haqda “Chetvyortaya vlast” xabar berdi.
O‘zbekiston fuqarosi noma’lum shaxs bilan til biriktirib, uning ko‘rsatmasi asosida Moskva viloyatidan giyohvand moddalarning ulgurji partiyasini (og‘irligi 210,5 gramm bo‘lgan geroin) olgan. Shundan keyin u moddalarni qismlarga bo‘lib, Balashov shahridagi Sofinskaya ko‘chasining turli joylariga yashirgan.
Politsiya mazkur jarayon paytida ayolning jinoiy faoliyatini aniqlagan. O‘zbekiston fuqarosini ko‘zdan kechirish chog‘ida giyohvand moddalarning qolgan qismi (204,6 gramm) topilgan.
Mahsulotni sotishdan tushgan pulni ayol boshqalarning bank kartalari yordamida “yechib olgan”. Shu tariqa u 200 ming rublni qonuniylashtirgan. Ayol giyohvand moddalarni noqonuniy sotish va jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirishga urinishda aybdor deb topilgan. Unga umumiy tartibli axloq tuzatish koloniyasida 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi Yoshlarning narkomaniyaga ruju qo‘yish holati eng koʻp Toshkent shahrida qayd etilmoqda AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi O‘zbekistonlik erkak Rossiyada odam o‘g‘irlab, pul talab qilishda ayblanmoqda