Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Salim Abduvaliyevni qidiruvga berdi
Uning uyushgan jinoiy guruh faoliyatini moliyalashtirgani bo‘yicha faktlar aniqlangan.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyevni qidiruvga berdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib 24.kg xabar berdi.
Qayd etilishicha, Salim Abduvaliyev tomonidan “Bratskiy krug” xalqaro jinoiy guruhi tarkibiga kirgan Qamchibek Asanbek (Qamchi Ko‘lboyev) uyushgan jinoiy guruhi faoliyatini moliyalashtirish faktlari aniqlangan.
Salim Abduvaliyev Qamchi Ko‘lboyev bilan aloqa o‘rnatgan va tizimli ravishda moddiy yordam ko‘rsatib kelgan, uning Qirg‘iziston, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi boshqa nufuzli kriminal avtoritetlar qatorida jinoiy olamining yetakchisiga aylanishiga yordam bergan va hissa qo‘shgan, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Qamchibek Asanbek va Salim Abduvaliyev yaqin munosabatlarda bo‘lgan, bunga Kolboyevning o‘zbek kriminali tomonidan uyushtirilgan bayram va boshqa tadbirlarga bir necha bor tashrif buyurishi guvohlik beradi, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
To‘plangan materiallar asosida Bishkek shahar oktabr tumani sudi qarori bilan Salim Abduvaliyevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi sirtdan ehtiyot chorasi tanlanib, davlatlararo qidiruvga berilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi Toshkent viloyatida qidiruvdagi ayolning jasadi kanaldan topildi O‘zbekistonlik 73 yoshli ayol Turkiyada qo‘lga olindi Toshkentda pora olgan prokuratura katta tergovchisi qidiruvga berildi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 34 bosh otni noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi