Toshkentda pora olgan prokuratura katta tergovchisi qidiruvga berildi
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.
Bosh prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda fuqaro I.X.ning arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Muallif arizasida Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi Sh.Sh. tomonidan “B.H.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal etish uchun pul talab qilganini aytib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu ariza asosida 7-oktyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sh.Sh. ariza muallifidan kelishilgan 40 ming dollarni olib, jinoiy taʼqibdan qutulish maqsadida nomaʼlum tomonga yashiringan (40 ming dollar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan).
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Sh.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ayblanuvchiga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi Toshkentda oktyabr oyida ijara narxlari o‘sishi sekinlashdi Toshkentda erkak metro stansiyasida hojatini chiqardi Toshkentda fuqaro avtokreditga olingan “L9”ni naqdga pullab yubordi Toshkentdagi avtobusga ayollar va erkaklar joyini ajratuvchi qog‘oz yopishtirildi