Qirg‘iziston ko‘mir eksportini yarim yilga chekladi
Tegishli qaror 21-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov tomonidan imzolangan.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi mamlakatdan ko‘mir eksportini vaqtincha taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Kabar” axborot agentligi xabar bermoqda.
Tegishli qaror 21-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov tomonidan imzolangan.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, Qirg‘izistondan ko‘mirni avtomobil transportida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish taqiqlangan. Biroq “Irkeshtam avtoyo‘l” va “Torug‘art avtoyo‘l” avtomobil o‘tish punktlari bundan mustasno. Cheklov “Qirg‘izko‘mir” davlat korxonasining ushbu o‘tish punktlari orqali avtomobil transportida ko‘mir eksport qilishiga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Cheklov Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining 2701 va 2702 kodlari bilan tasniflanadigan ko‘mirga nisbatan qo‘llaniladi. Taqiq olti oy muddatga joriy etilgan.
Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay, belgilangan tartibda Jahon savdo tashkiloti va Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasini bu haqda xabardor qiladi.
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi esa MDH Ijroiya qo‘mitasini qaror haqida xabardor qilishi kerak.
Qaror rasmiy e’lon qilinganidan so‘ng 15 kun o‘tgach kuchga kirishi belgilangan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston oktyabr oyida 833 mln dollarlik oltin sotdi O‘zbekiston 10 oyda qiymati salkam 25 mln dollarlik tuxum eksport qildi Andijonda aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmir talon-toroj qilindi Namanganda 13,3 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport qilingan pomidorlarda virus aniqlandi