Qidiruvda bo‘lgan 37 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
Firibgarlikda ayblanayotgan ayol ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbulda qo‘lga olingan.
Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2024-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Barno Inotova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona xabar berdi.
37 yoshli, Bonu taxallusli ayol ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbulda qo‘lga olingandi.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi, deyiladi xabarda.
Konsulxona jinoiy javobgarlikdan qochib, xorijiy davlatlarda, jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettirilishi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanishi haqida ogohlantirdi.
Shu bilan birga, Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortgani sababli fuqarolardan firibgarlardan ogoh bo‘lishlari so‘raldi.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda kadastr muhandisi 3000 dollar pora bilan qo‘lga olindi Hududlarda yer maydonlari olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik erkak deportatsiya qilindi Uch yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan deport qilindi Turkiyada 25 yoshli o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qoldi