13 Noyabr 2024, 13:51 Jahon

Pokistonda to‘yga ketayotgan avtobus daryoga quladi. Qurbonlar bor

Mamlakat prezidenti Asif Ali Zardariy qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

Pokistonda to‘yga ketayotgan avtobus daryoga quladi. Qurbonlar bor

Pokiston shimolidagi Hind daryosiga avtobus tushib ketishi oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda qutqaruv xizmatiga tayanib, Dawn xabar berdi.

Odamlarni tashigan avtobus Gilgit-Baltistonning Diamer okrugidagi daryoga tushib ketdi. Transport Panjobning Chakval tumaniga yo‘l olgan, deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida kelin tirik topilgan, u turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Boshqa yo‘lovchilarning shaxsi ham aniqlangan, cho‘kib ketganlar orasida ayollar ham bo‘lgan. Politsiya xodimi daryodan 16 ta jasad olib chiqilgani, qidiruv ishlari davom etayotganini aytgan. Pokiston prezidenti Asif Ali Zardariy qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan hududda avariyalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Noqulay iqlim sharoiti, kesishgan hudud, egri-bugri yo‘llar, transport vositalarining tirbandligi va minimal yo‘l harakati qoidalari avariya xavfini oshiradi.

Mashhur yangiliklar