10 Avgust 2024, 11:22 Jahon, Oʻzbekiston

O‘zbekistonga Buyuk Britaniyadan keluvchilar soni oshdi

O‘zbekistonga 6 oyda turistik maqsadlarda Buyuk Britaniyadan 9 ming nafar fuqaro kelgan.

O‘zbekistonga Buyuk Britaniyadan keluvchilar soni oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,3 ming nafarga yoki 34,5 foizga oshgan.

2024-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan Buyuk Britaniya fuqarolari safar maqsadlari kesimida quyidagicha:

  • dam olish — 7 370 nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash — 862 nafar;
  • xizmat yuzasidan — 679 nafar;
  • tijorat — 32 nafar;
  • o‘qish — 31 nafar;
  • davolanish — 2 nafar.

May oyida O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning yetakchi sayyohlik kompaniyasi Explore Worldwide direktori Saymon Grouv bilan Buyuk Britaniyadan sayyohlarni O‘zbekistonga keng jalb etish va 2024-yilda ular uchun mamlakatni jozibador yo‘nalish sifatida tanishtirish masalalarini muhokama qilgandi.

O‘zbekiston keyingi yillarda xorijlik, xususan britaniyalik sayyohlar orasida keng ommalashdi. Biz britaniyalik sayyohlarni O‘zbekistonga qiziqishini yanada oshirish uchun kompaniya saytining manzillar bo‘limida O‘zbekiston uchun alohida rukn ochdik, degan edi Saymon Grouv.

Agentlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga 2024-yilning birinchi yarmida 3,5 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 415,6 ming nafarga yoki 13,3 foizga oshgan.

Mashhur yangiliklar