O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida maxfiy axborotni himoya qilish to‘g‘risidagi bitim ma’qullandi
Bitim davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risidagi oxirgi xabarnomadan keyin kuchga kiradi.
Senat 30 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xitoy bilan maxfiy ma’lumotlarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat prezidentga imzolash uchun yuborilgan.
Bitim 2023 yil 18 may kuni Tsian shahrida prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi doirasida imzolangan.
Bitim 19 ta moddadan iborat. O‘zbekiston tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati vakolatli organ etib belgilandi.
15-moddaga ko‘ra, xalqaro hujjat nomuayyan muddatga tuziladi. Bitim davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risidagi oxirgi xabarnomadan keyin kuchga kiradi.
Bitimda uzatilayotgan va qabul qilinayotgan har qanday shakldagi maxfiy axborotni oʻzaro himoya qilish, shuningdek, milliy qonunchilik boʻyicha maxfiylik darajasi, maxfiylik (“alohida muhimlik,” “mutlaqo maxfiy,” “maxfiy”) belgilarini taqqoslash, maxfiy axborotni himoya qilish, uni uzatish va undan foydalanish bilan bogʻliq masalalarni aniqlashtirish nazarda tutilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan osmono‘par bino quriladi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi