Koreyada ish joyini tashlab ketgan o‘zbekistonliklarning kafillaridan 2 mlrd so‘m undirildi
Koreya Respublikasidagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi.
Migratsiya agentligi ma’lum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda Koreya Respublikasiga vaqtincha ishlash uchun borgan fuqarolar orasida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketish holatlari uchramoqda.
Bu esa O‘zbekistonga ajratiladigan ishchi kvotalar soniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, O‘zbekistondan borgan ishchilarning imiji tushib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu bois, Koreyaga ishlash uchun borayotgan har bir yurtdoshimiz ketish oldidan uch tomonlama shartnomaga imzo chekmoqda.
Shartnomada: “Agarda o‘z ish joyimni sababsiz tashlab ketib, nolegal faoliyat yuritadigan bo‘lsam, meni kafillikka olayotgan shaxs, ya’ni yaqin qarindoshimdan Koreyada nolegal yurgan har bir oyim uchun 2000 AQSh dollaridan (hozirgi vaqtda) jarima undirilishiga roziman”, deyiladi.
Jumladan, Koreyaga ishlash maqsadida ketgan va shartnoma shartlarini buzgan qashqadaryolik fuqaro M.A.ning kafilidan sud qaroriga asosan MIB 70 mln 392 ming so‘m undirgan.
2024 yilning o‘tgan davrida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan qariyb 80 nafar O‘zbekiston fuqarolarining kafillari tomonidan davlatga 2 mlrd 35 million so‘m jarima undirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyati Sibir tog‘ echkisi ovlangani aniqlandi Rossiyada qarovsiz qolgan 15 nafar bola vatanga qaytarildi Suriyadagi vaziyatni yoritayotgan o‘zbekistonlikka nisbatan qidiruv e’lon qilindi Tailandda oʻzbekistonlik ayol 6-qavatdan tushib ketdi Xorijdagi mahkumlarni O‘zbekistonga qabul qilish tartibi belgilandi