4 Dekabr 2024, 15:48 Jahon

Janubiy Koreyada harbiy holat rejimi bekor qilindi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat rejimini bekor qildi.

Janubiy Koreyada harbiy holat rejimi bekor qilindi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda bir necha soat avval joriy etgan harbiy holat rejimi tugatilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi 4 dekabr, chorshanba kuni erta tongda.

Bungacha mamlakat parlamenti – Milliy majlis harbiy holat rejimiga qarshi chiqqan edi. Reuters xabariga ko‘ra, 3 dekabr kuni kechki payt qurshovdagi parlament binosiga kirishga muvaffaq bo‘lgan 300 nafar deputatdan 190 nafari uni bekor qilish uchun ovoz bergan.

Janubiy Koreya konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakat parlamenti favqulodda holatni ko‘pchilik deputatlar yoqlab ovoz bergan taqdirda bekor qilish huquqiga ega. Ovoz berishdan keyin parlament spikeri Vu Von Sik Yun Sok Yolni qarorini bekor qilishga chaqirdi.

Mashhur yangiliklar