Yuridik shaxslar uchun limitdan tashqari elektr va gaz tarifi pasaytirilgan
“Yuqori” va “o‘rta” reytingga ega tadbirkorlarga elektr energiyasi uchun oldindan to‘lovni oy davomida ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgani ma’lum bo‘ldi.
Yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gazning shartnomaviy miqdordan ortiq qismiga qo‘llanadigan tarif 27 sentabrdan e’tiboran pasaytirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, limitdan ortiqcha ishlatilgan tok va gaz uchun oshirilgan tarif hukumatning 2024 yil 25 sentabr kungi qarori asosida pasaytirilgan. 27 sentabrdan kuchga kirgan qarorning ilovalari Lex.uz’da keltirilmagan, ammo shu sanadan boshlab elektr va gazdan foydalanish qoidalariga shu qarorga havola bilan tegishli o‘zgartishlar kiritilgan.
O‘zgartishlarga asosan, iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, mazkur miqdordan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Ushbu qaror bilan, shuningdek, “yuqori” va “o‘rta” reytingga ega tadbirkorlarga elektr energiyasi uchun oldindan to‘lovni bir oy davomida ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan.
Sanab o‘tilgan yumshatishlar bo‘yicha davlat rahbari tomonidan avgust oyida, tadbirkorlar bilan an’anaviy uchrashuv chog‘ida topshiriq berilgandi.
Hukumatning 27 dekabr kungi qaror bilan esa, limitlarga oid normani tavsiflovchi jumlalarga faqat uslubiy tuzatishlar kiritilgan bo‘lib, qoidaning mazmunida o‘zgarish ro‘y bermagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Ikki hududda qariyb 700 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi Qashqadaryoda 588,3 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Yil davomida 1,4 trln so‘mlik energoresurslardan noqonuniy foydalanildi Toshkentning ikki tumanida tunda “svet” o‘chirildi Toshkentda avariya sabab 3 mingga yaqin isteʼmolchi “svet”siz qoldi