O‘zbekistonda 9 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj qilingani ochiqlandi
2024-yilning o‘tgan 9 oyida qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj etilgani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda 9 oyda ish haqi va nafaqa pullarining 5,2 milliard so‘mi talon–toroj qilingani aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov 18-oktyabr kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yanvar—sentyabr oylari davomida bunday holatlar ortidan 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Aholi bandligini ta’minlash sohasida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 1 ming 198 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 61 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 8 ming 573 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi. 366 nafar ishchi-xizmatchilarning kechiktirilgan 2,4 milliard so‘m ish haqi undirib berilishi ta’minlandi.
Bevosita prokurorlar tashabbusi bilan 631 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 9 ming 371 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmir talon-toroj qilindi Namanganda 13,3 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi Keyingi yilda ish haqi va pensiyalarni oshirishga qancha mablag‘ ajratilishi ochiqlandi O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mdan oshdi Surxondaryoda 1,47 ming tonna koʻmir talon-toroj qilindi