Hodisa

Quyoshda eng yuqori darajadan bir pog‘ona past bo‘lgan chaqnash kuzatildi

Hodisa magnit bo‘ronlarini qo‘zg‘atishi mumkin.

11-dekabr kuni Quyoshda so‘nggi darajadan oldingi quvvatli chaqnash sodir bo‘ldi, deb yozadi TASS.

Ma’lumotlarga ko‘ra, olimlar 11-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:08 da M4.4/2B chaqnashini qayd etgan, uning davomiyligi 16 daqiqani tashkil etgan. Portlash II spektral turdagi radionurlanishning 850 km/sek tezlikdagi portlashi bilan birga sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, chaqnashlar quyosh plazmasi emissiyasi bilan birga kelishi mumkin, uning bulutlari Yerga yetib borgach, magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda magnit bo‘roni uzoq davom etishi haqida xabar berilgandi. Quyoshning navbatdagi g‘alayonlanish kuni to‘q sariq rangda bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная