Toshkentning ayrim aholisi tunda chiroqsiz qoladi — manzillar
Elektr ta’minoti ertalabga yaqin qayta tiklanishi va’da qilinmoqda.

13-avgust kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatiladi.
“Dog‘iston” podstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani: «Podshobog‘,» «Olmachi,» «Oltintepa,» «Katta Oltintepa,» «Alpomish,» «Sayram» mahallalarida soat 01:00 dan 05:00 gacha.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Avvalroq energetika vaziriga elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab senator so‘rovi yuborilgani haqida xabar berilgandi. Uzoq muddatli elektr uzilishlari tufayli iste’molchilar ko‘plab zarar ko‘rmoqda.
Izohlar