Hodisa

Toshkentda YTH tufayli yuzlab xonadonlar gazsiz qoldi

Mutaxassislar avariya oqibatlarini bartaraf etishga kirishdi.

Toshkentda avtomobil o‘rta bosimli gaz quvuriga urildi va yuzlab xonadonlarni gazsiz qoldirdi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot” axborot xizmati.

Hodisa Shayxontohur tumani Charxnovza MFY Sohibkor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Avtomobil o‘rtacha bosimli gaz quvurini shikastlab, gaz sizib chiqishiga sabab bo‘ldi. Natijada 38 ta ko‘p qavatli uy, 450 ta xonadon va 12 ta ulgurji iste’molchida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Hozirda tuman gaz ta’minoti bo‘limi avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda aholiga arzonlashtirilgan gaz sotishga urinishgandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ashyoviy dalillarni musodara qilib, tergov ishlarini boshladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная