Toshkentda Shimoliy vokzal yerosti tunnelida avtomobil yonib ketdi — video
Jabrlanganlar yo‘q.

26-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi.
Aniqlanishicha, yong‘in soat 11:29 da sodir bo‘lgan. Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “Shimoliy temir yo‘l vokzali” qarshisidagi yer osti tunnelida avtomobil yonib ketgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 11:37 da yetib borib, yong‘in soat 11:40 da bartaraf etilgan. Ko‘rsatilgan manzilda yong‘in natijasida Gentra avtomobili yonib zararlangan. Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Amirsoy» dam olish maskani hududida restoran yonib ketgandi. Mutaxassislar yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashmoqda.
Izohlar