Hodisa

“Amirsoy” dam olish maskani hududida restoran yonib ketdi — video

Mutaxassislar yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashmoqda.

“Amirsoy” dam olish maskani hududida restoran yonib ketdi — video

10-iyun kuni “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti hududidagi restoran binosi yonib ketdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Guvohlar yong‘in signali bilan soat 01:32 da murojaat qilishgan. Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 02:01 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:13 da qurshab olingan. Yong‘inni to‘liq o‘chirish uchun qutqaruvchilarga ikki soatdan sal ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi.

Yong‘in 300 kvadrat metr maydondagi restoran tomi, ichki qismi va jihozlarini yo‘q qilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda mutaxassislar yong‘in sabablari va yetkazilgan zararni aniqlamoqda.

Avvalroq Toshkentda to‘rtta xonadon yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Yong‘in chiqqan xonadonlarning birida yoqilg‘i-moylash mahsulotlari saqlangani taxmin qilinmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid