Toshkentda notanish ayolga tegajog‘lik qilgan mast samolyot yo‘lovchisi qamaldi
Erkak bort kuzatuvchilarining bir necha bor tanbehlaridan keyin ham to‘xtamagan.

Toshkentda 40 yoshli samolyot yo‘lovchisi ayolga tegajog‘lik qilgani uchun uch sutkaga qamaldi, deyiladi sud qarorida.
Hodisa Uzbekistan Airways aviakompaniyasining “Moskva—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan samolyot bortida sodir bo‘lgan. Mast erkak notanish yo‘lovchining ko‘kragiga bir necha marta tegib, jinsiy a’zolarini ko‘rsatgan. Bir necha bor, jumladan, bort kuzatuvchilarining to‘xtatish haqidagi ogohlantirishlariga qaramay, erkak huquqbuzarlikni davom ettirgan.
Sudda ayblanuvchi mast bo‘lganini va o‘zini nazorat qilmaganini aytdi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda mast yo‘lovchi styuardessaga tegajog‘lik qilib, uch sutkaga qamalgandi. Erkak samolyot salonida chekishga qaror qilgan, bort kuzatuvchisi qoidabuzarga buni tushuntirganida, u ayolning ko‘kragidan ushlagan.
Izohlar