28-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda kechasi mototsiklchilar bilan sodir bo‘lgan dahshatli YTH oqibatlari aks etgan videolar paydo bo‘ldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 27-dekabr kuni kechasi soat 23:30 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bir nechta mototsiklchilar yo‘lda katta tezlikda harakatlanib, bir nechta yengil va yuk mashinasi bilan dahshatli avariyaga uchradi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mototsiklchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada Cobalt’ning ikki haydovchisi halokatli YTHga uchragandi. Bunga avtomobil haydovchilaridan birining yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani sabab bo‘lgan.























