Toshkentda favqulodda quvvat cheklovlari joriy etildi
Cheklovlar to‘rtta podstansiyaga ta’sir qildi.

Toshkent shahridagi 4 ta podstansiyada ortiqcha yuklanishning oldini olish maqsadida majburiy quvvat cheklovlari joriy etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 14:00 holatiga ayrim transformatorlarning ortiqcha yuklanishini oldini olish va taqsimlovchi tarmoqlarda yirik avariyalarning oldini olish maqsadida mutaxassislar tomonidan umumiy quvvati 16 MVt bo‘lgan cheklov kiritilgan. Cheklovlar quyidagi podstansiyalarga ta’sir qildi:
- “Chilonzor” podstansiyasida — 4 MVt, iste’molchilar: Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari;
- “Qo‘qon” podstansiyasida — 4 MVt, iste’molchilar: Mirobod va Yakkasaroy tumanlari;
- “MJK” podstansiyasida — 4 MVt, iste’molchilar: Mirobod va Yashnobod tumanlari;
- “Risoviy” podstansiyasida — 4 MVt, iste’molchilar: Mirobod va Yashnobod tumanlari.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Izohlar