Toshkentda dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, unda avtomobil parchalanib ketdi — video
Voqea joyida IIBB, YPX va FVV xodimlari ishlamoqda.

3-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil ikkiga bo‘lingan dahshatli YTH oqibatlari aks etgan video tarqaldi. YHXX hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa soat 10:25 larda Olmazor tumani Halqa yo‘li ko‘chasi 20/3-uy qarshisida sodir bo‘lgan. Hongi va BYD avtomobillari to‘qnashdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining ma’lum qilishicha, ikkala haydovchiga ham birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Voqea joyida IIBB, YPX va FVV xodimlari ishlamoqda. Baxtsiz hodisa tafsilotlari tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda birdaniga to‘rtta avtotransport halokatga uchragandi. Yuk mashinasi haydovchisi boshqa yuk mashinasiga urilib, katta avariyaga sabab bo‘ldi.
Izohlar