Hodisa

Toshkent viloyatida yigit prezidentni ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilgani uchun sudlandi

Sud yigitni ikki yilga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qildi.

Фото: Ситуативное

Toshkent viloyatida ijtimoiy tarmoqlarda prezident surati ostiga haqoratli izoh qoldirgan yigit sudlandi, deyiladi sud qarorida.

Voqea Ohangaronda sodir bo‘lgan, 18 yoshli yigit Instagramda Shavkat Mirziyoyevning surati ostiga haqoratli izoh qoldirgan. Sudlanuvchidan nega bunday izoh qoldirgani va maqsadi nima bo‘lgani haqida so‘ralganda, sudlanuvchi hech qanday maqsad bo‘lmagani, izohni o‘ylamasdan yozganini aytgan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, xuddi shuningdek matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoxud Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda tuhmat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, tiktoker Valeriy Dyugay o‘zbeklar va prezidentni haqorat qilgani uchun uch yillik koloniyaga hukm qilingandi. “Abdulloh” taxallusli bloger so‘roq paytida hayp uchun Markaziy Osiyoliklarga nisbatan nomaqbul so‘zlarni aytganini tan oldi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная