Hodisa

Surxondaryoda bir guruh to‘y korteji haydovchilari jazolandi

Ular yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, guruh bo‘lib harakatlangan va yo‘lning boshqa ishtirokchilariga xalaqit bergan.

14-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda to‘y korteji haydovchilari guruh bo‘lib harakatlangani va yo‘l harakati qoidalarini buzgani aks etgan video tarqaldi. Surxondaryo viloyati YHXB holat yuzasidan izoh berdi.

Kadrlarda haydovchilar guruh bo‘lib harakatlanib, yo‘l harakati qoidalarini buzayotganini ko‘rish mumkin. Huquq-tartibot idoralari xodimlari huquqbuzarlarni topib, ularni bir joyga — jarima maydonchasiga to‘plashdi. Ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik suhbat o‘tkazildi. YHXBdan to‘ylarda qoidalarga rioya qilish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirilgandi. O‘zgarishlar BHM miqdorining oshishi bilan bog‘liq.

Mavzuga doir: 12 marta qizil chiroqdan o‘tgani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish: YHXX haydovchilarni YHQni buzmaslikka chaqirdi Eng ko‘p ball tezlikni oshirganlik uchun beriladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная