Sirdaryoda 2000 so‘mlik kupyuradan sigaret tutatgan xorijliklar jazolandi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 23-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Qoidabuzarlar Sirdaryo viloyatidagi korxonalardan birining ishchilari bo‘lib chiqdi. Ularga nisbatan 184−3-modda (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Sud har bir xorijlikka BHMning 100 baravari (41,2 mln so‘m) miqdorida jarima tayinladi. Bundan tashqari, ish beruvchi ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qildi.
Eslatib o‘tamiz, video WeChat`dagi Kichik Se akkaunti egasi tomonidan e’lon qilingan. Video ishtirokchilari — korxonadagi xitoylik ishchilar. Ular O‘zbekistonning 2 ming so‘mlik milliy valyutasini yoqib yuborib, sigaretlarini olovga tashlab, kulishgan.























