Pul

O‘zbekistonda milliy valyuta kursi mustahkamlandi

O‘n oy ichida eksportchilarning valyuta taklifi 18 foizga oshdi.

2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida milliy valyuta kursi 7 foizga mustahkamlandi, deya xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Markaziy bank hisobotidan ko‘rinib turibdiki, ushbu davrda almashuv kursi dinamikasi ichki valyuta bozoridagi talab va taklif omillari, umumiy makroiqtisodiy tendensiyalar va tashqi iqtisodiy sharoitlar ta’sirida shakllangan. Eksport kanallari bo‘yicha valyuta tushumlari, xorijiy kreditlar va pul o‘tkazmalarining sezilarli darajada o‘sishi.

Shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi va importning nisbatan barqarorlashuvi ichki valyuta bozorida milliy valyutaning mustahkamlanishida asosiy omil bo‘ldi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport tushumlari hisobidan shakllangan valyuta taklifi 10 oyda 18 foizga oshib, 14,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

Shundan 8,1 mlrd dollari yoki 56 foizi ichki valyuta bozorida sotilgan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23 foizga yoki 1,5 mlrd dollarga ko‘p). Ichki valyuta bozorida jalb qilingan xorijiy kreditlar hisobidan banklar tomonidan 7,3 mlrd dollar sotilgan (2024 yilning mos davriga nisbatan 62 foizga yoki 2,8 mlrd dollarga ko‘p).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda raqamli valyutalar va aktivlarni tokenlashtirishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda. Prezident Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga Markaziy bank bilan birgalikda tegishli ko‘rsatma berdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная