Samarqandda maktab o‘quvchilari ommaviy mushtlashuv uyushtirdi — video
Mazkur holat yuzasidan ishchi guruh tomonidan IIB bilan hamkorlikda surishtiruv ishlari olib borildi.

21-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh maktab o‘quvchilari ommaviy mushtlashuv uyushtirgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyati MMTB hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 13-oktyabr kuni Urgut tumanida sodir bo‘lgan. 41-maktabning 9-sinf o‘quvchilari telefon orqali janjallashgan. Mojaroni hal qilish uchun ular ertasi kuni uchrashishdi, ammo suhbat janjalga aylanib ketdi. Yonma-yon turgan o‘quvchi qizlar ularni ajratishga urinishardi.
Holat yuzasidan ishchi guruh tuzilib, IIB bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilgan. Voqeadan so‘ng maktabda o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, mushtlashuvda ishtirok etgan 12 nafar o‘quvchining ota-onalariga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda ko‘mir tarqatish vaqtida aholi janjal ko‘targandi. Rasmiylarga ko‘ra, janjalga ayrim fuqarolarning harakatlari sabab bo‘lgan.
Izohlar