Hodisa

Qoraqalpog‘istonda erkak 203 tup tut daraxtini kesib, katta miqdorda jarima to‘ladi

Huquq-tartibot idoralari gumonlanuvchining uyi va mashinasini hibsga oldi, shuningdek, uning ish haqiga undiruvni yo‘naltirdi.

Фото: Ситуативное

Qoraqalpog‘istonda 203 ta daraxt kesgan fuqaro 120 mln so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda MIB NOVA24’ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 2024 yilning dekabr oyida Ellikqal’a tumani «Navbahor» mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Erkak 203 tup tut daraxtini kesib, o‘simlik dunyosiga 120 million 375 ming so‘m zarar yetkazgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘rtko‘l tuman sudining 2025-yil 17-iyundagi hal qiluv qarori bilan yetkazilgan zarar undirilgan.

To‘lovlar foydasiga huquq-tartibot idoralari qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulk va «Cobalt» rusumli avtomobilga taqiq qo‘ydi. Bundan tashqari, erkakning fermer xo‘jaligida ishlayotganini aniqlagan huquq-tartibot idoralari xodimlari uning ish haqiga ham jarima qo‘llagan.

Shunday qilib, 2025-yil 17-iyulga kelib, tartib posbonlari yetkazilgan zararni to‘liq qoplashga va sud qarorini ijro etishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik besh ming kub metr o‘rmonni kesib tashlagani haqida xabar berilgandi. Erkak mahalliy amaldor bilan til biriktirib, bir yil ichida deyarli 600 ming dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная