Rossiyada o‘zbekistonlik besh ming kub metr o‘rmonni kesib tashladi
Erkak mahalliy amaldor bilan til biriktirib, bir yil ichida deyarli 600 ming dollar ishlab olishga muvaffaq bo‘lgan.

Rossiyada qariyb bir yil davomida Krasnoyarsk o‘lkasi o‘rmonlarida daraxtlarni noqonuniy kesgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 41 yoshli erkak 2019 yildan 2020 yilgacha Kan tumani aholisiga o‘z texnikasini qo‘llagan holda o‘rmon kesish xizmatlarini ko‘rsatgan. Keyinroq huquqbuzar Munisipal mulk qo‘mitasi xodimi va uning sherigi bilan til biriktirgan.
Erkaklar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan jinoiy sxema erkakka aholi ehtiyojlari uchun yog‘och tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beruvchi soxta hujjatlarni sotib olish imkonini bergan. O‘rmon berishni rad etish va uning nomiga ishonchnoma yozilgan har bir qog‘oz to‘plami uchun huquqbuzar 50 ming rubldan to‘lagan.
Gumonlanuvchi yollangan xodimlar bilan birgalikda 5,5 ming kub metrdan ortiq ignabargli o‘rmonni noqonuniy kesishga muvaffaq bo‘lgan va keyinchalik sotgan. Uning harakatlaridan ko‘rilgan zarar 48 mln rublni tashkil etdi. Dastlab erkak o‘z aybini tan olmadi, biroq sudda u dalillar taqdim etilgandan so‘ng ayblovga rozi bo‘ldi. Shuningdek, tartib posbonlari erkakdan pora olgan ma’muriyat xodimi va uning sherigiga nisbatan tergov boshlagan.
Avvalroq Rossiyada to‘qqiz million dollar o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Erkak paxta yetishtirish uchun katta miqdorda kredit olgan, biroq uni to‘lamaslikka qaror qilgan va chet elga qochib ketgan.
Izohlar