Hodisa

Qashqadaryoda haydovchi Damas`da maktabda o‘quvchi qizni olib ketib, yo‘l-yo‘lakay unga tegajog‘lik qildi — video

Qizning qarindoshlari yigitni topib, kaltaklagan.

Qashqadaryoda 19 yoshli haydovchi yo‘lovchining qarindoshlari tomonidan kaltaklandi, deb xabar bermoqda G‘uzor tumani hokimligi matbuot xizmati.

Voqea 14-oktyabr kuni Chugurtma mahallasida sodir bo‘lgan. 19 yoshli Damas haydovchisi voyaga yetmagan qizni mashinasiga o‘tqazib, uyiga olib bormagan va unga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etgan.

Bu haqda uning qarindoshlari xabar topgach, ular va yigit o‘rtasida janjal kelib chiqqan, o‘shanda yigit mashinada qochishga uringan, biroq u qo‘lga olinib, kaltaklangan. Jabrlanuvchi bosh miya chayqalishi bilan kasalxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida ota o‘z farzandlarini ayovsiz kaltaklagandi. Bolalar ombudsmani vaziyatga munosabat bildirib, jabrlanganlarning xavfsizligini ta’minlashga va’da berdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная