Farg‘onada erkak 25 metrlik quduqqa tushib ketdi va omon qoldi — video
FVV xodimlari fuqaroning nafas olishiga kislorod balloni yordamida ko‘maklashib, so‘ng tashqariga olib chiqqan.

13-avgust kuni Farg‘ona viloyatida erkak 25 metrlik quduqni tozalamoqchi bo‘lib, quduqqa tushib ketdi, deb xabar berdi viloyat FVB matbuot xizmati.
Voqea soat 10:16 da “Gulbog‘” mahallasida sodir bo‘lgan. Erkak uy hovlisidagi 25 metrlik quduqni tozalashga qaror qilgan, o‘zini tutib turolmagan, pastga tushib ketgan va hushini yo‘qotgan. Voqea haqida viloyat FVBga qarindoshlari xabar bergan. Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, quduqqa tushib ketgan fuqaroning kislorod balloni yordamida nafas olishiga ko‘maklashgan.
Shundan so‘ng uni ehtiyotkorlik bilan quduqdan chiqarib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan. Ayni paytda erkakning ahvoli qoniqarli.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida yo‘qolgan qiz GES qudug‘idan o‘lik holda topilgandi. Marhumaning tanasida hech qanday jarohat aniqlanmagan.
Izohlar