Hodisa

Buxoroda ayol bolalarini o‘zi bilan birga kanalga cho‘ktirmoqchi bo‘ldi

Ayblanuvchi o‘zi bilan birga yashaydigan erkak bilan janjallashib, o‘z joniga qasd qilishga uringan.

Buxoro viloyatida ayol ikki nafar bolasini o‘zi bilan birga kanalga cho‘ktirmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Hodisa 9-mart kuni Yuzon mahallasida sodir bo‘lgan. Ikki o‘g‘ilning onasi turmush o‘rtog‘i unga boshqa ayolga uylanmoqchi ekanligini aytganidan keyin o‘z joniga qasd qilishga qaror qildi. Ayol suv kanaliga kelib, to‘ng‘ich o‘g‘lini suvga tashlagan, shundan so‘ng o‘zi ham kichik o‘g‘li bilan suvga sakragan. Guvohlar birinchi bolani olib chiqishga ulgurishdi, ikkinchisini onaning o‘zi olib chiqdi.

Bolalar kasalxonaga yotqizilgani, ular jabrlanmagani aytilmoqda. Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-25-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlari (Ikki yoki undan ortiq shaxsni ojiz ahvolda qolganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud ayolga 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida o‘smir futbol to‘pini olaman deb daryoga cho‘kib ketgandi. Huquqni muhofaza qilish organlari tekshiruv o‘tkazmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная