Hodisa

Ayrim aholi vaqtincha chiroqsiz qoladi — manzillar

Kechqurun elektr quvvati qayta yoqiladi.

21-avgust kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi bir nechta mahallalarda elektr ta’minoti uziladi.

Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avariya holatlarining oldini olish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yunusobod tumani: “Hasanboy”, “Katta Hasanboy” va “Sharq haqiqati” mahallalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.

Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.

Avvalroq yil boshidan buyon iste’molchilarga kommunal xizmatlar uchun asossiz hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m mablag‘ qaytarilgani haqida xabar berilgandi. Mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная