Andijonda Lacetti yonib ketdi Andijon viloyatida Lacetti yonib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Voqea 28-dekabr kuni soat 21:15 larda Oltinko‘l tumani Dalvarzin MFY hududida sodir bo‘lgan. 1970-yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti’ni boshqarib ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan va daraxtga borib urilgan. Elektr simlarining qisqa tutashuvidan keyin mashina yonib ketdi.

Yong‘in tuman yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi xodimlari tomonidan to‘liq bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Avtomobil butunlay yonib ketdi. Hodisa fakti bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.