O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytiradi
Davlat rahbari Yevropa komissiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen bilan uchrashuvi doirasida Kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston–Yevropa sammiti doirasida tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan. Shuningdek, mamlakatimiz yetakchisi Bryusselga tashrifi davomida Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazdi.
Prezident erishilgan yutuqlarni qayd etib, “yashil” iqtisodiyot va kimyo sanoati, infratuzilma va logistikani rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishni o‘z ichiga olgan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning to‘rtta muhim yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tdi.
Izohlar