AQSH yetakchisi Donald Tramp Kolumbiya prezidenti Gustavo Petroni kokain ishlab chiqarishda aybladi va mamlakat hududida Venesueladagi kabi operatsiya o‘tkazilishi mumkinligini istisno etmadi, deb yozadi “Kommersant” mahalliy jurnalistlarga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika yetakchisining aytishicha, “Kolumbiya ham juda kasal”, uni esa “kokain ishlab chiqarish va uni Qo‘shma Shtatlarga sotishni yaxshi ko‘radigan kasal odam” boshqaradi. Biroq Donald Tramp “uzoq vaqt bu bilan shug‘ullana olmasligini” aytdi.

Jurnalistlarning u Kolumbiyada AQSH Venesuelaga qarshi boshlagan harbiy amaliyotlarni o‘tkazmoqchimi, degan savoliga Donald Tramp bunday amaliyot “yaxshi eshitiladi”, deb javob berdi.

Avvalroq AQSH Venesuela prezidenti va uning rafiqasini o‘g‘irlab ketgani xabar qilingandi. Donald Tramp Nikolas Maduro rejimiga qarshi harbiy operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi.