Avto

O‘zbekistonliklar metan yonilg‘i quyish shoxobchalarining ish faoliyati cheklanishidan xavotirga tushdi

“Hududgazta’minot” ba’zi gaz quyish shoxobchalarida bosim pasayganini tushuntirdi.

Фото: ситуативное

13-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyati cheklangani haqida xabar tarqaldi. “Hududgazta’minot” ma’lumotni rad etdi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida bir qator gaz taqsimlash stansiyalarida profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilgan. Bu vaqtda tarmoqdagi bosim vaqtincha pasayib, ayrim metan zapravkalarda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin edi. Hozir hammasi odatdagidek ishlamoqda.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘raymiz. Ayni paytda respublika bo‘ylab “metan zapravka”lar belgilangan tartibda ishlamoqda. Ularga tabiiy gaz gaz ta’minoti korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida yetkazib berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi AGTKShlar faoliyati real vaqt rejimida kuzatib boriladi. Tizim tabiiy gaz hisobini yuritadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va haydovchilarni nomaqbul yoqilg‘i haqida ogohlantiradi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная