23 Dekabr 2024, 09:39 •Oʻzbekiston
O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi
Arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy ta’lim muassasasida hududiy ishchi guruhlar tashkil etilgan.
O‘zbekistonda 20 dekabrdan uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Belgilangan tartibga muvofiq ikkita uzrli sababga ko‘ra davlat oliy ta’lim muassasalari aro o‘qishni ko‘chirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy ta’lim muassasasida hududiy ishchi guruhlar tashkil etilgan.
Ishchi guruhlar 2025 yilning 20 yanvar kuniga qadar har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 09:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.
Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:
- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi; - uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Ma’lumot uchun, ikkita uzrli sabab quyidagilar:
- talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
- davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
Мавзуга оид хабарлар:
Yakuniy davlat attestatsiyalari ish beruvchi korxonalarda tashkil etilishi mumkin Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi Talabalar uchun qishki taʼtil muddati eʼlon qilindi O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda xalqaro universitet ochiladi O‘zbekistondagi OTMda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari o‘qiyotgani aytildi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbek sportida yilning eng yaxshilari aniqlandi
23 Dekabr 2024, 19:21Rossiyada YouTube deyarli bloklandi
23 Dekabr 2024, 18:45Mudofaa vaziri Oʻq otish sporti federatsiyasiga rais etib tayinlandi
23 Dekabr 2024, 18:10Rossiyada og‘ir vaziyatda qolgan yosh oila vatanga qaytarildi
23 Dekabr 2024, 17:32Davlat raqami belgilari uchun toʻlov miqdori oʻzgardi
23 Dekabr 2024, 17:00Toshkent metrosi Yangi yil kechasida soat 2:00 gacha ishlaydi
23 Dekabr 2024, 16:04Narkolaboratoriya tashkil qilgan ikki nafar shaxs uzoq muddatga qamaldi
23 Dekabr 2024, 15:36Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
23 Dekabr 2024, 14:49