O‘zbekiston Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
Ushbu xalqaro shartnoma Haaga bitimining Jyeneva akti bilan tartibga solinmagan protsessual qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Ar-Riyod shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tomonidan tashkil etilgan diplomatik konferensiyada Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnoma (Design Law Treaty) loyihasi ko‘rib chiqildi va O‘zbekiston tomonidan imzolandi.
Mamlakat nomidan mazkur xalqaro shartnomani O‘zbekiston elchisi Nodir Turg‘unov imzoladi.
Konferensiyada BIMTga a’zo 193 ta mamlakat ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro shartnoma Haaga bitimining Jyeneva akti bilan tartibga solinmagan protsessual qoidalarni o‘z ichiga olib, uning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilish milliy sanoat namunalarini chet el davlatlarida ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtiradi. Shuningdek, sanoat namunasini ro‘yxatga olish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga moslashtirish imkoniyati vujudga keladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi O‘zbekiston va BAA Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklar masalasini muhokama qildi O‘zbekistonda 10 oyda qancha tug‘ilish qayd etilgani ochiqlandi O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz sayohat qilishi mumkin