O‘zbekiston va BAA Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklar masalasini muhokama qildi
30 noyabr kuni 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi amirliklar hududiga kiritilmagan edi.
2 dekabr kuni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Shu bilan birga, tomonlar so‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishlarida kuzatilayotgan qiyinchiliklar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha fikr almashgan.
Mavjud holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib olindi, deyiladi xabarda.
30 noyabr kuni Toshkent–Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha Wizz Air aviakompaniyasi reysida uchgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi amirliklar hududiga kiritilmadi. Ular Abu Dabi shahridagi Shayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportda chegaradan o‘tkazilmagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi O‘zbekiston Namunalar bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi O‘zbekistonda 10 oyda qancha tug‘ilish qayd etilgani ochiqlandi O‘zbekiston kriptoaktivlarni qabul qilish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz sayohat qilishi mumkin