3 Dekabr 2024, 09:40 •Oʻzbekiston
Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yildi
Toshkent boʻlinmasining yagona hudud chipta narxi 20 000 soʻm, bolalar uchun esa 11 500 soʻm etib belgilandi.
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” 3-dekabrdan Toshkent va Xoʻjakentni bogʻlash uchun yana bir tezyurar elektropoyezd qoʻyilishini maʼlum qildi.
Tez, qulay hamda zamonaviy jihozlarga ega boʻlgan tezyurar elektropoyezdi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishga tayyor. Kelajakda har tomonlama zamonaviy boʻlgan 10 ta elektropoyezdlar xarid qilish koʻzda tutilgan, deyiladi xabarda.
Elektropoyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 7201-sonli — Toshkent-06:18 — Xoʻjakent-07:42
- 7202-sonli — Xoʻjakent-08:02 — Toshkent-09:17
- 7203-sonli — Toshkent-12:53 — Xoʻjakent-14:03
- 7204-sonli — Xoʻjakent-14:33 — Toshkent-15:48
- 7205-sonli — Toshkent-18:10 — Xoʻjakent-19:20
- 7206-sonli — Xoʻjakent-19:45 — Toshkent-21:03
Toshkent boʻlinmasining yagona hudud chipta narxi 20 000 soʻm, bolalar uchun esa 11 500 soʻm etib belgilandi.
Qayd etilishicha, odatdagi jadval asosida qatnab kelayotgan elektropoyezdlarning qatnov vaqtlari oʻz oʻrnida qoladi va jadval asosida qatnovlarini davom ettiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
Avtobusda ayol kishining yuziga tuflagan erkak qamaldi Toshkentdagi ikki maktabda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi Poytaxtning ikki tumani vaqtincha “svet”siz qoladi Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi Toshkentda qariyb 25 ming quti pirotexnika buyumlarini uyida saqlayotgan shaxs ushlandi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent xalqaro aeroportida parvozlarni qabul qilish cheklandi
4 Dekabr 2024, 18:46Avtobusda ayol kishining yuziga tuflagan erkak qamaldi
4 Dekabr 2024, 18:10Uyi hasharotlar tomonidan yaroqsiz holga keltirilganlarga yangi uy-joy beriladi
4 Dekabr 2024, 17:36Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari belgilandi
4 Dekabr 2024, 17:01Janubiy Koreyada harbiy holat rejimi bekor qilindi
4 Dekabr 2024, 15:48O‘zbekistonda ham mahkumlar uchun elektron braslet ishlab chiqarilishi mumkin
4 Dekabr 2024, 15:06Noyabr oyi uchun inflatsiya darajasi ma’lum qilindi
4 Dekabr 2024, 14:29O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va bo‘limi boshlig‘i lavozimi tugatiladi
4 Dekabr 2024, 13:51