2 Dekabr 2024, 11:56 Oʻzbekiston

Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hafiza Artikova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Buxoro viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

1-dekabr kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga yangi o‘rinbosar tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, Hafiza Artikova Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda ishlagan Feruza Ibragimova esa boshqa ishga o‘tdi.

Hafiza Artikova 1976-yil 24-dekabrda Buxoro tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Biologiya fanlari doktori, professor.

Yangi tayinlovgacha u Buxoro davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori vazifasida ishlagan.

Mashhur yangiliklar