Buxoroda qariyb 9 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi
Kogon tumanida ko‘p miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi.
Buxoro viloyati Kogon tumanida ko‘p miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi, deb xabar berdi “Hududgazta’minot” matbuot xizmati.
27-noyabr kuni gaz ta’minoti komplayens nazorat tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat ishchi guruh reyd o‘tkazgan. Jarayonda Tutkunda mahallasida joylashgan “B.B.” MJChga qarashli issiqxona gaz hisoblagichidan tashqari yerosti quvuri orqali aholi uchun mo‘ljallangan gaz quvuriga yashirincha ulangani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilingan va 8,85 milliard so‘mlik zarar keltirilgani aniqlangan.
Mazkur jarayon bo‘yicha to‘plangan barcha daliliy ashyo va hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquq-tartibot organlariga topshiriladi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda 232 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxs qamaldi Xorazm va Buxoroda “valyutchik”lar ushlandi Buxorodagi tug‘uruqxonada 33 yoshli ayol vafot etdi Buxoroda 4 magnitudali zilzila qayd etildi Buxoroda “saksovulfurush”lar inspektorlar mashinasiga zarar yetkazdi